Рецепты UZ

Quyon go'shtidan Somsa

Oila azolaringiz uchun tanishbo'lgan taomning yangi noodatiy ta'mi bilan ajablantiring!

Kerakli masalliqlar:

  • Somsa uchun tayyor xamir
  • Quyon go'shti— 500 gramm
  • Piyoz — 500 gramm
  • Tuz — 1 choy qoshiq
  • Murch kukuni — 1 choy qoshiq
  • Zira (ta’bga ko’ra) — 1 choy qoshiq

Tayyorlanish ketma-ketligi:

1-qadam

Somsa uchun go’shtli nachinka tayyorlash uchun 0,5 kg piyozni kubik shaklida to’g’rab oling, 0,5 kg quyon go’shtini ham tomonlari 0,5 sm bo’lgan kubik qilib kesib oling, xohishga ko’ra go’shtni qiymalagichda maydalab olish yoki aksincha, yirikroq qilib to’g’rash ham mumkin.

2-qadam

Idishga go’sht va piyozni soling. Qiymaga bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq murch qo’shing, ta’bga ko’ra bir choy qoshiq maydalangan zira qo’shish ham mumkin. Barchasini yaxshilab aralashtiring.

3- qadam

Sovutgichdan somsa uchun tayyor xamirni olib,bo'laklarga bo'ling. Har birini qalinligi 1 ml bo’lgan yupqa doira qilib yoyib oling. Har bir doirachaning o’rtasiga qiyma qo’yib, uni teng qilib taqsimlang.

4- qadam

Xamirni 3 burchak shaklida tuging. Somsa pishirish listiga chokini pastga qaratgan holda teriladi. Yuzasiga tuxum sarig’i surtiladi, xohishga ko’ra kunjut sepish mumkin.

5-qadam

Qatlamli somsa 30 daqiqa davomida 180-200 °C haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!




Retseptlar