Lag'mon- uyg'ur oshxonasining eng mashhur taomi hisoblanadi va juda ham ko'p muxlislariga ega. Quyon go'shti bilan esa bu taom nafaqat mazali, ammo foydali ham bo'ladi.
Kerakli mahsulotlar:
Quyon go’shti 800 gramm
Piyoz 200 gramm
Pomidor 1-2 ta3 qadam
Bulg’or qalampir 1-2 ta
Sarimsoq 2-3 dona
Lag’mon xamiri 300 gramm
O’simlik yog’i 50 ml
Ziravorlar (tabga ko’ra: tuz, zira, qalampir)
1 Qadam
Quyon go’shtini mayda bo’laklarga bo’ling. Qozonga yog’ quying va uni qizdiring. Avval kesib olingan go’shtni qozonga soling. Tuz va ziravorlar soling hamda yumshoq holga kelguncha dimlab qo’ying. O’rada oz-ozdan suv solsangiz ham bo’ladi. Go’sht qizg’ish tilla rang bo’lishi kerak.
2 Qadam
Piyozni maydalang. Go’shtning ustiga soling va 7-10 daqiqa davomida qovuring.
3 Qadam
Baqlajon hamda pomidor larni kubik shaklida bulg’or qalampir ni esa somoncha shaklida to’g’rang.
Sabzavotlarni go’sht bilan birgalikda 10 daqiqa dimlang.
4 Qadam
Eng oxirida mayda kubik shaklida to’g’ralgan kartoshka va sarimsoqni soling. Quyuqligini nazoratga olgan holda suv va tuz soling. 30 daqiqa davomida past olov da dimlang.
5 Qadam
Bu vaqt ichida tuzlangan suvda lag’mon xamirini qaynating va ozgina yog’ soling.
Xamirimiz tayyor bo’lgandan keyin, likopcha ga suzing va ustidan go’sht va sabzavotlarni soling.