Рецепты UZ

Quyon go’shtidan lag’mon

Lag'mon- uyg'ur oshxonasining eng mashhur taomi hisoblanadi va juda ham ko'p muxlislariga ega. Quyon go'shti bilan esa bu taom nafaqat mazali, ammo foydali ham bo'ladi.

Kerakli mahsulotlar:

  • Quyon go’shti 800 gramm
  • Piyoz 200 gramm
  • Pomidor 1-2 ta3 qadam
  • Bulg’or qalampir 1-2 ta
  • Sarimsoq 2-3 dona
  • Lag’mon xamiri 300 gramm
  • O’simlik yog’i 50 ml
  • Ziravorlar (tabga ko’ra: tuz, zira, qalampir)

1 Qadam

Quyon go’shtini mayda bo’laklarga bo’ling. Qozonga yog’ quying va uni qizdiring. Avval kesib olingan go’shtni qozonga soling. Tuz va ziravorlar soling hamda yumshoq holga kelguncha dimlab qo’ying. O’rada oz-ozdan suv solsangiz ham bo’ladi. Go’sht qizg’ish tilla rang bo’lishi kerak.

2 Qadam

Piyozni maydalang. Go’shtning ustiga soling va 7-10 daqiqa davomida qovuring.

3 Qadam

Baqlajon hamda pomidor larni kubik shaklida bulg’or qalampir ni esa somoncha shaklida to’g’rang.

Sabzavotlarni go’sht bilan birgalikda 10 daqiqa dimlang.

4 Qadam

Eng oxirida mayda kubik shaklida to’g’ralgan kartoshka va sarimsoqni soling. Quyuqligini nazoratga olgan holda suv va tuz soling. 30 daqiqa davomida past olov da dimlang.

5 Qadam

Bu vaqt ichida tuzlangan suvda lag’mon xamirini qaynating va ozgina yog’ soling.

Xamirimiz tayyor bo’lgandan keyin, likopcha ga suzing va ustidan go’sht va sabzavotlarni soling.

Tabga ko’ra ko’katlar bilan bezating.

Yoqimli ishtaha!
Retseptlar