Рецепты UZ

Quyon go'shtidan Manti

"Mening orzuim" quyon go'shti bilan mantilar juda yumshoq, mazali hamda foydali taom bo'ladi!

Tarkibi:
xamiri uchun
  • 1 kg un
  • 320 ml suv
  • 20 gramm tuz
  • 2 tuxum

Qiymasi uchun
  • 500 gr quyon go'shti
  • 500 gr piyoz
  • ta'mga ko'ra tuz va qalampir
  • ziravorlar

Bosqichma-bosqich tayyorlash:

1-qadam:

Unni kattaroq idishga elakdan o'tkazing. Alohida idishda tuxumni suv va tuz bilan aralashtiring.

2-qadam:

Tuxum aralashmasini ungali massaga solib yaxshilab xamir qoring.

3-qadam:

Tayyor xamirni plyonkaga o'rang va xona haroratida 30 daqiqaga qoldiring.

Xamir "dam olayotganda" siz qiymasini tayyorlashingiz mumkin bo'ladi.

5-qadam:

Quyon go'shti va piyozni mayda kubiklarga kesib oling, aralashtiring, ta'mga ko'ra tuz va murch qo'shing.

6-qadam:

Dam olgan xamirni yong'oqdan bir oz kichikroq bo'laklarga bo'ling.

Ajratilgan bo'laklarni ingichka qilib yoyib chiqing.

7-qadam:

Har bir xamirning o'rtasiga1 osh qoshiq qiymani soling va siz uchun qulay bo'lgan har qanday usulda manti hosil qiling.

8-qadam:

Har bir mantilarning pastki qismini yog'lang va mantipishirish uchun qasqonga terib chiqing.

9-qadam:

Manti qasqonni gazga qo'ying va mantilarni baland olovda 35-40 daqiqa davomida pishiring.

Tayyor mantilarni ko'katlar hamda qatiq bilan iste'mol qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!
Retseptlar